Code of Administrative Court Procedure

94-modda. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza

Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin. Dastlabki himoya to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) talab predmeti; 4) dastlabki himoya chorasini ko'rish zarurligining asoslantirilganligi; 5) arizachi ko'rishni so'rayotgan dastlabki himoya chorasining turi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Arizada boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin. Agar dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.