Quyidagilar dastlabki himoya choralari bo'lishi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo'lgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni to'xtatib turish;
4) ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to'liq yoki qisman to'xtatib turish;
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablag'larini xatlash.
Sud tomonidan bir vaqtning o'zida bir nechta dastlabki himoya choralari ko'rilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
93-modda. Dastlabki himoya choralari
(93-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан 5-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.