Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish taftish tartibida ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga kiritilganligi to'g'risida uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) ko'chirma nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi to'g'risidagi xabarnoma ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir o'z e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar ishga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324³⁴-modda. Shikoyat (protest) taftish tartibida ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga kiritilganligi to'g'risida xabardor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.