Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324³⁰-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) ko'rib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda ko'rib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁷-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁴ va 324²⁵-moddalarida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan bo'lsa; 3) shikoyat (protest) belgilangan muddat o'tkazilib berilgan bo'lsa; 4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 5) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish taftish tartibida ko'rilishi lozim bo'lmasa. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.