Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishga oid dalillar har qanday faktik ma'lumotlardan iborat bo'lib, organlar (mansabdor shaxslar) shu ma'lumotlarga asoslanib ma'muriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, muayyan shaxsning uni sodir etishda aybdorligini va ishni to'g'ri ko'rib chiqish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar quyidagi vositalar: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo'yish to'g'risidagi bayonnoma, haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yuk hamda yo'lovchi tashishni amalga oshiradigan transport vositalaridagi nazorat asboblari (taxograflar), audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
276-modda. Dalillar
(276-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.