Ma'muriy javobgarlik kodeksi

275-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritish chog'ida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati

(275-модданинг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Prokuror ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritish chog'ida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish qo'zg'atishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni ko'rib chiqishda qatnashishga; ishni ko'rib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga; ma'muriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) ta'sir ko'rsatish choralarini to'g'ri qo'llanganligini tekshirishga; ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga; qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.