Ma'muriy javobgarlik kodeksi

194-modda. Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik

(194-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 31 июлдаги ЎРҚ-1078-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.08.2025 й., 03/25/1078/0682-сон)

Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to'xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko'rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo'lish to'g'risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to'xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo'ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n ikki baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimining yoki xodimlarining transport vositasini to'xtatish haqida berilgan qonuniy talablarini ketma-ket bir necha marta uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.