Davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsiga ma'lum bo'lib qolgan, manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko'rmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar davlat xaridlari sohasida sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
193⁴-modda. Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
(193⁴-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 июндаги ЎРҚ-931-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.06.2024 й., 03/24/931/0402-сон — 2024 йил 6 декабрдан кучга киради)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Davlat yoki tashkilot xodimi manfaatlar to'qnashuvi haqida (ya'ni shaxsiy manfaati bilan ishchi vazifasi to'qnashishi) xabar bermasa yoki bunday to'qnashuvni hal qilish uchun harakat qilmasa, bu qonun buziladi. Manfaatlar to'qnashuvi — bu xodimning shaxsiy manfaati bilan uning rasmiy vazifasi orasidagi ziddiyat.
Kimga tegishli
Bu qoida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xodimlariga tegishli.
Amalda
Buxgalter xodim o'z akasining kompaniyasiga davlat buyurtmasi berish masalasini hal qilayotganda, bu to'qnashuvni rahbarga xabar bermasa, unga 3 dan 5 baravar jarima solish mumkin. Agar bu xatolarni takrorlasa, jarima 5 dan 10 baravarigacha ko'payadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.