Ma'muriy javobgarlik kodeksi

179³-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(179³-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto'g'ri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablag'larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to'xtatib qo'yishga yoki operatsiyalarni to'xtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni g'ayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.