Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma'lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma'lumotlar bilan bog'liq o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg'arib boriladigan pensiya badallari to'g'risidagi ma'lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to'rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Jamg'arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to'g'risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
179²-modda. Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(179²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.