Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o'z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo'llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo'sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o'z ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qo'llash, O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qo'yish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan selektsiya yutug'ini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (ko'paytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, selektsiya yutug'idan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
177²-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va selektsiya yutug'iga bo'lgan huquqlarni buzish
(177²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.