Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob'yektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'yektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e'tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'yektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to'g'risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg'on axborotni ko'rsatish, —
asarlarning va turdosh huquqlar ob'yektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
asarlarning va turdosh huquqlar ob'yektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Liability
177¹-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish
(177¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda asarlarni va ijodiy ishlarni ruxsatsiz nusxalash, sotish yoki tarqatishni taqiqlab qo'yadi. Shuningdek, nusxalarda muallif yoki ishlab chiqaruvchi haqida yolg'on ma'lumot yozish ham haram. Bu qonun mualliflarning huquqini himoya qiladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida oddiy fuqarolar va davlat xodimlariga teng ravishda qo'llaniladi.
**Amalda**
Agar kimdir kitob yoki musiqani ruxsatsiz nusxalab sotsa, unga jarima to'lanadi. Agar bu yana bir bor takrorlansa, jarima yanada katta bo'ladi va noto'g'ri nusxalar olib qo'yiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.