Hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat organlarining, tashkilotlarining va muassasalarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning, shuningdek fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari bo'lishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan qonunga xilof ravishda hakamlik sudi qarorlarining ixtiyoriy ijro etilishi, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
175⁹-modda. Hakamlik sudlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish
(175⁹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.