Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi bo'yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog'ida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari bo'yicha e'lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama o'tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat xaridlari to'g'risidagi e'lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender o'tkazish yo'li bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko'rsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida amalga oshirish to'g'risida qaror qabul qilish, shuningdek kompleks ekspertizadan o'tkazilishi lozim bo'lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalarning kompleks ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlamaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik haqida davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo'yicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat xaridi predmetining boshlang'ich narxi va uning o'rtacha bozor narxi o'rtasida yo'l qo'yiladigan tafovutning eng ko'p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
175⁸-modda. Davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(175⁸-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан бешинчи ва олтинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.