Ma'muriy javobgarlik kodeksi

104²-modda. Qishloq xo'jaligi mahsulotini va urug'liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish

(104²-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Qishloq xo'jaligi mahsulotini va urug'liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qishloq xo'jaligi o'simliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoxud ushbu hujjatlarga urug'liklarning navlari va ekilish sifatlari to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumotlarni kiritish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.