Code of Administrative Liability

104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo'jalik ekinlarining dalada to'plab qo'yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo'q qilib yuborish, ko'chatlarga shikast yetkazish

(104-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Chorva mollar yoki parrandalarning xo'jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo'jalik ekinlarining dalada to'plab qo'yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo'q qilib yuborishi, ko'chatlarga shikast yetkazishi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ekinzorlarni yoki ko'chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o'tish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

EKINZOR VA KO'CHATZORGA ZARAR YETKAZISH Nimani anglatadi Chorva mollar yoki parrandalar xo'jalik ekinzorlarini payhon qilganda, qishloq xo'jalik hosilasiga dalada zarar yetkazilganda yoki uni yo'q qilib yuborilganda, ko'chatlarga shikast yetkazilganda bu huquqbuzarlik hisoblanadi. Shuningdek, traktor, avtomobil kabi texnika vositalarida ekinzor yoki ko'chatzorni bosib o'tish ham bu moddaga kiradi. Kimga tegishli Fuqarolar va mansabdor shaxslar (davlat xodimlari) uchun turli jarima miqdorlari belgilangan. Amalda Qo'ylar xo'jalik ekinzorini payhon qilsa, fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima to'laydi. Agar bir yil ichida takror qilsa, jarima besh baravaridan yetti baravarigacha ko'payadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.