Nobank kredit tashkilotining yuridik shaxs bo'lmagan, o'z faoliyatini nobank kredit tashkiloti nomidan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradigan alohida bo'linmasi nobank kredit tashkilotining filialidir.
Nobank kredit tashkilotining filiali nobank kredit tashkiloti bilan yagona ustav fondiga (ustav kapitaliga) va balansga ega bo'ladi, shuningdek uning mol-mulki bilan ta'minlanadi.
Nobank kredit tashkiloti filialining nomi uni tashkil etgan nobank kredit tashkilotining firma nomini o'z ichiga olishi shart.
Agar mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti faoliyatini ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan mablag'lar hisobidan amalga oshirsa, mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti filialni ochish chog'ida prudentsial normativlarga rioya etishi shart.
Nobank kredit tashkiloti filialni ochgan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida Markaziy bankka vakolatli boshqaruv organining filialni tashkil etish to'g'risidagi qarorini, filial haqidagi nizomni va filialning rahbari to'g'risidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda bu haqda elektron platforma orqali xabarnoma yuborishi shart.
Lombard filial ochilguniga qadar filial kassa xonalarining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta'minlashi shart.
Filialning faoliyati natijasida nobank kredit tashkilotining moliyaviy ahvoli yomonlashganda Markaziy bank ushbu filialning yopilishini talab qilishga haqli.
Filialning nomi yoki joylashgan yeri o'zgarganligi to'g'risidagi xabarnoma bunday o'zgarish yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida elektron platforma orqali Markaziy bankka yuborilishi kerak.
Nobank kredit tashkiloti Markaziy bankni filialning yopilishi to'g'risida uni yopish haqida qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran besh kun ichida elektron platforma orqali xabardor qiladi.
O'zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslarining filiallarini tashkil etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Non-bank Credit Organisations and Microfinance
18-modda. Nobank kredit tashkilotining filiallari
(18-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.