Law on Non-bank Credit Organisations and Microfinance

17-modda. Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali)

(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан иккинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va faqat nobank kredit tashkilotining muassislari (ishtirokchilari, aktsiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul mablag'laridan tashkil topadi. Nobank kredit tashkilotining ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag'lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablag'lardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablag'lardan foydalanish taqiqlanadi. Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori: kafolatlar berish tashkiloti uchun — yuz milliard so'mni; ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard so'mni; mikromoliya tashkiloti va faktoring tashkiloti uchun — ikki milliard so'mni; lombard uchun — besh yuz million so'mni tashkil etishi kerak. Nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori hisob ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi ariza berilgan yoki lombard faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilgan kunga qadar shakllantirilgan bo'lishi va hisob ro'yxatidan o'tkazilguniga qadar yoki lombard faoliyatini boshlaganlik to'g'risidagi xabarnoma yuborilguniga qadar bank hisobvarag'ida saqlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.