Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyalarning majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq kalendar yil davomida kamida ikki marta o'tkaziladi.
Ijtimoiy sheriklik taraflaridan hech bo'lmaganda bittasining tashabbusi bilan ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning rejadan tashqari majlisi o'tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya majlislari o'tkaziladigan joy, sana va vaqt taraflarning kelishuviga ko'ra belgilanadi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya qarorlarining tayyorlangan loyihalari komissiya a'zolariga komissiya majlisini o'tkazishning tayinlangan sanasidan kamida o'n kalendar kun oldin tarqatiladi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning majlisi, agar unda komissiya taraflarining har biridan belgilangan komissiya a'zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
58-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyalarning majlislari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.