Mehnat kodeksi

52-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika komissiyasi

Respublika darajasida xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha uch tomonlama komissiya tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning respublika birlashmalari vakillari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari kiradi. Taraflarning har biridan bo'lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko'ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning respublika birlashmalari tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning respublika birlashmalari tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining shaxsiy tarkibi esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.