Haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deganda amaliyot o'tayotgan shaxs tomonidan kasb malakasiga va ish tajribasiga ega bo'lish maqsadida amalga oshiriladigan hamda amaliyot o'tayotgan shaxsni o'quv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud bo'lgan bo'sh (vakant) o'ringa qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid o'quv jarayonining amaliy qismi tushuniladi.
Haq to'lanadigan stajirovka stajirovka muayyan kasb, mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo'yicha ishlash uchun zaruriy shart bo'lgan hollarda bevosita ish joyida xodimni nazariy jihatdan tayyorlash natijasida egallangan kasbiy bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni amaliyotda shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida kasbga tayyorlash bosqichidir.
Haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki haq to'lanadigan stajirovkani o'tayotgan shaxs bilan muddatli mehnat shartnomasi amaliyotni yoki stajirovkani o'tash muddatiga tuziladi. Bunda mehnat shartnomasida mehnat shartnomasining majburiy shartlari bilan bir qatorda, amaliyotga yoki stajirovkaga rahbarlik qiluvchi shaxs belgilanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn372-modda. Haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to'lanadigan stajirovka
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti — talaba yoki o'quvchi o'z kasbini o'rganish uchun haqqa ega bo'lib ish joyida amaliy tajriba olishidir. Haq to'lanadigan stajirovka — yangi xodim yoki mutaxassisni ish joyida o'rgatish va uning bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish jarayonidir.
**Kimga tegishli**
Bu huquq talabalar, o'quvchilar va yangi xodimlarni o'z kasblarini o'rganish va ish tajribasini to'plash vaqtida qo'llaniladi.
**Amalda**
Texnik kollejning talabasi zavod ishlab chiqarish bo'limida amaliyot o'tayotganda, ish beruvchi unga oylik haq to'laydi va amaliyot rahbari tayinlanadi. Talaba shartnomasida amaliyot muddati va to'lanadigan summa ko'rsatiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.