Labour Code

163-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilishni taqiqlash

Mehnat shartnomasini: 1) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo'yicha; 2) ushbu Kodeksning mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan; 3) xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta'tillarda bo'lgan davrlarda; 4) xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda; 5) xodim xizmat safarida bo'lgan davrda; 6) homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi bo'lgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi. Ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda avvalgi ish joyi bo'yicha tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish uchun ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida nazarda tutilgan cheklovlar tashkilot (uning alohida bo'linmasi) o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Ish beruvchi o'z xohishiga ko'ra mehnat shartnomasini bekor qila olmaydi. Qonun xodimlarni himoya qiladi va ularni asossiz ishdan chiqarishdan saqlaydi. Faqat qonunda yozilgan hollarda ish beruvchi shartnomasini tugatishi mumkin. Kimga tegishli Bu qoida barcha xodimlar va ish beruvchilar uchun majburiy. Amalda Agar ayol homilador bo'lsa yoki kichik bolasi bo'lsa, ish beruvchi uni ishdan chiqara olmaydi. Agar xodim davlat ishini bajarayotgan bo'lsa (armiyaga chaqirilgan, sud sudlanayotgan), shu vaqtda ham ishdan chiqarish taqiqlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.