«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

12-modda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasida: korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi; aholi o'rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ'ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi; ta'lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korruptsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi; korruptsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'radi; korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.