O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o'z vakolatlari doirasida:
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korruptsiya bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korruptsiyaning holati va korruptsiyaga qarshi kurashish natijalari to'g'risidagi axborotni yig'adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlarini ko'rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko'radi;
aholi o'rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ'ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi statistika ma'lumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini ta'minlaydi;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning o'z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo'yilishini ta'minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
11-modda. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
(11-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.