Jinoyat-protsessual kodeksi

98-modda. So'roq qilinuvchining shaxsini aniqlash

Surishtiruvchi, tergovchi va sud so'roq qilish oldidan so'roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug'ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug'ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg'ulot turi, ma'lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma'lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so'roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan solishtirib ko'rishi yoxud so'roq qilinuvchi o'zini kim deb tanishtirgan bo'lsa, aynan o'sha shaxs ekanligiga boshqa yo'llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.