Jinoyat-protsessual kodeksi

97-modda. So'roq qilish uchun chaqiruv

(97-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 29 сентябрдаги ЎРҚ-299-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 40-сон, 410-модда)

Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qog'ozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qog'ozi pochta orqali jo'natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo'lishi mumkin. Chaqiruv qog'ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko'ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro'y berishi ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Chaqiruv qog'ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog'ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo'q bo'lsa, unga berib qo'yish uchun chaqiruv qog'ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a'zolaridan biriga, yotoqxona ma'muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar so'roq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning ma'muriyati orqali chaqirtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.