Jazoni o'tash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng ko'p muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatdan kam bo'lsa, sud O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng ko'p muddatini belgilaydi.
Agar xorijiy davlat sudi tomonidan shaxsga xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida esa ushbu jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilmagan bo'lsa, sud mazkur jinoyat uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan og'irroq jazo turini tayinlaydi.
Shaxsning xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo turi O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan hollarda, sud xorijiy davlat sudi tomonidan tayinlangan jazo turiga mos keladigan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan boshqa jazo turini tayinlaydi.
Agar xorijiy davlat sudining hukmi bilan shaxsga bir necha qilmish uchun jazo tayinlangan bo'lib, ularning ayrimlari O'zbekiston Respublikasida jinoyat hisoblanmasa, sud xorijiy davlat sudining hukmi bo'yicha tayinlangan jazoning qaysi qismi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanadigan qilmishga nisbatan qo'llanilishini belgilaydi.
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan qo'shimcha jazoni tan olish va ijroga qaratish sud tomonidan ushbu jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan jazoning mahkum tomonidan o'talgan qismi sud tomonidan ajrim chiqarishda jazo muddatiga qo'shib hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn614-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o'tashni davom ettirish uchun, shuningdek o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishda jazoni belgilash tartibi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Xorijiy davlatda mahkum qilingan shaxs O'zbekistonga qaytarilganda, uning jazosi davom ettiriladi. Sud xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan jazo muddatini O'zbekiston qonuniga muvofiq qayta hisoblab, mos keladigan jazo turini belgilaydi. Agar xorijiy davlatda qilingan ish O'zbekistonda jinoyat hisoblanmasa, sud faqat jinoyat bo'lgan qismiga nisbatan jazo tayinlaydi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida xorijiy davlatda mahkum qilinib O'zbekistonga qaytarilgan shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Shaxs Germaniyada o'g'irlik uchun 3 yil qamoqqa mahkum qilinib, 1 yilini o'tagan so'ng O'zbekistonga qaytdi. O'zbekiston sudlari qolgan 2 yilni O'zbekiston qonuniga muvofiq qayta hisoblab, mos jazo turini belgilaydi va mahkumni O'zbekistonda davom ettirilgan jazoni o'tashga qatnashtiriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.