Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko'rsatilgan shaxslar va ularning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o'tashni davom ettirish uchun yoxud o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun O'zbekiston Respublikasiga qabul qilib olish to'g'risida murojaat qilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ushbu Kodeksning 611-moddasida ko'rsatilgan shaxslarni qabul qilib olish to'g'risida murojaat qilinganidan va ushbu shaxslarning fuqaroligi tasdiqlanganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga masalani hal etish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni taqdim etish to'g'risida so'rov yuboradi.
So'rov qanoatlantirilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida ko'rsatilgan shaxslarni qabul qilish to'g'risida qaror qabul qiladi. Shundan keyin O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritadi.
Iltimosnoma ushbu Kodeksning 611-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning doimiy yashash joyi bo'yicha, ularning doimiy yashash joyi mavjud bo'lmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi hududida oxirgi ro'yxatga olingan joyi bo'yicha, ushbu Kodeksning 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Mahkumning yoki o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsning yo'qligi xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi iltimosnomaning sud tomonidan ko'rib chiqilishiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
613-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o'tashni davom ettirish uchun, shuningdek o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.