Aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv imzolanganidan keyin ish bo'yicha tergov va boshqa protsessual harakatlar o'tkazish zarurati mavjud bo'lmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi.
Aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar o'tkazish zarurati mavjud bo'lgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.
Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni to'playdi.
Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv o'z kuchini yo'qotadi.
Bunda aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi bo'yicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.
Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 586² — 586⁴-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar to'planganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida ko'rib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi.
Agar ish bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo'lsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzilmagan bo'lsa, o'zi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo'yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586⁶-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.