Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuvda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
kelishuv tuzilgan sana va joy;
kelishuv tuzayotgan prokuror to'g'risidagi ma'lumotlar;
kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa ma'lumotlari, himoyachi haqidagi ma'lumotlar;
jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim bo'lgan boshqa holatlarning tavsifi;
Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi;
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qo'llanilishi mumkin bo'lgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo'yicha jazo tayinlash tartibi;
sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi bo'yicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yo'l bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni o'z zimmasiga oladigan harakatlar;
yetkazilgan zararning miqdori va uning o'rni qoplanishi;
ushbu Kodeks 586³-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.
Agar ish bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan bo'lsa, aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.
Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586⁵-modda. Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuvning mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.