Aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish to'g'risidagi iltimosnomani olgan paytdan e'tiboran yigirma to'rt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi.
Prokuror kelishuv tuzish to'g'risidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko'rib chiqadi va ushbu Kodeksning 586¹-moddasida ko'rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da'vogarni ham kelishuv tuzish masalasini ko'rib chiqish uchun jalb qiladi.
Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqayotganda:
1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qo'shimcha materiallarni o'rganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti bo'lgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va o'z xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov o'tkazilgan-o'tkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi.
Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolg'on ko'rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko'rib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586³-modda. Aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan ko'rib chiqilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.