Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin.
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan bo'lsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan bo'lishi lozim.
Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qo'yilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga ko'maklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini ko'rsatadi.
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun ko'maklashadigan muayyan harakatlar ham ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586²-modda. Aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.