Jinoyat-protsessual kodeksi

584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi

(584-модда учинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv to'g'risidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq bo'lmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish to'g'risida qaror chiqaradi. Qarorning tavsif qismida quyidagilar ko'rsatiladi: jinoyat ishi qo'zg'atilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qo'llanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv to'g'risidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati. Qarorning qaror qismida: 1) ishni sudga yuborish to'g'risidagi; 2) ehtiyot chorasi to'g'risidagi, shuningdek fuqaroviy da'voni ta'minlash choralari to'g'risidagi; 3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi qaror ko'rsatiladi. Agar ish bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo'lib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan bo'lmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo'yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda ko'rsatiladi. Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.