Yarashuv to'g'risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bilan bog'liq ishlar yuzasidan yarashuv to'g'risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin.
Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi bo'yicha ish yuritilishini tugatish to'g'risidagi iltimos ko'rsatilgan bo'lishi shart.
Agar yarashuv to'g'risidagi ariza ish birinchi instantsiya sudida sud muhokamasidan o'tkazilayotganda berilgan bo'lsa, sud uni darhol ko'rib chiqishga kirishadi.
Agar ish bo'yicha bir necha jabrlanuvchi bo'lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to'g'risidagi ishni yuritish mumkin.
Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo'yicha ish yuritishni qayta tiklash to'g'risida iltimosnoma berish huquqini yo'qotishini tushuntirishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
583-modda. Yarashuv to'g'risidagi ariza
(583-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 октябрдаги ЎРҚ-978-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.10.2024 й., 03/24/978/0835-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.