Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi ko'rsatilgan bo'lsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari bo'yicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror taftish instantsiyasi sudiga tegishli protest kiritadi.
Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish bo'yicha hukmning ko'chirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi.
Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risida sudga protest kiritish uchun asoslar yo'q deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Prokuror qarorining ko'chirma nusxasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matn525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi arizalarni, xabarlarni prokuror tomonidan ko'rib chiqish
(525-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Oddiy tilda
YANGI HOLATLAR TUFAYLI ISH QAYTADAN BOSHLASH
Nimani anglatadi
Prokuror yangi dalillar yoki holatlar topilganda, tugatilgan jinoyat ishini qaytadan ochishi mumkin. Buning uchun ariza yoki xabar kelishi kerak. Prokuror bu ma'lumotlarni tekshirib, ish yuritishni qaytadan boshlash asosli bo'lsa, taftish sudiga protest kiritadi.
Kimga tegishli
Bu huquq prokurorga tegishli — u yangi holatlarni baholaydi va qaror qabul qiladi.
Amalda
Masalan, jinoyat ishi tugatilgandan keyin yangi guvoh topildi yoki yangi dalil aniqlandi. Prokuror bu ma'lumotlarni tekshirib, agar ish qaytadan boshlash kerak deb topsa, sudga protest kiritadi. Agar asoslar yo'q bo'lsa, asoslantirilgan qaror chiqaradi va arizachiga uch kun ichida xabar beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.