Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili taftish instantsiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risida iltimosnoma berishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish instantsiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risida protest berishga haqli.
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish to'g'risida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
1) fuqarolarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining xabarlari;
2) ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini ko'rish jarayonida olingan ma'lumotlar.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni ko'rsatuvchi ma'lumotlarga havola mavjud bo'lsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud bo'lgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani o'z ajrimi bilan taftish instantsiyasi sudida ko'rib chiqish uchun kiritadi.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida ko'rsatilgan holatlar ko'rsatilgan bo'lsa, sud materiallarni tergov o'tkazish uchun prokurorga yuborish to'g'risida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda so'roq, ko'zdan kechirish, ekspertiza, olib qo'yish va boshqa tergov harakatlari o'tkazilishi mumkin. Tergov natijalari bo'yicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta ko'rish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi.
Prokurorning xulosasini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sudya o'z ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani taftish instantsiyasi sudida ko'rib chiqish uchun kiritadi.
Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrimi manfaatdor shaxslarning shikoyatiga ko'ra yoki O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o'rinbosarlarining protestiga ko'ra, materiallarni taftish instantsiyasi sudiga ko'rib chiqish uchun o'tkazgan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o'rinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo'zg'atish
(524-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.