O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudining hukmini, ajrimini o'zgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida;
2) ayrim sud qarorlarini bekor qilish va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud qarorlaridan birini o'z kuchida qoldirish to'g'risida;
3) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish to'g'risida;
4) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to'g'risida;
5) ushbu Kodeks 493-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instantsiya sudiga yuborish to'g'risida;
6) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudining hukmini, ajrimini o'zgartirish to'g'risida;
7) shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish to'g'risida.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud hukm chiqaradi.
Jinoyat ishini taftish tartibida ko'ruvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e'tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo'l qo'yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo'lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521¹⁷-modda. Ishni taftish tartibida ko'rib chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.