Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ish taftish tartibida ko'rib chiqish uchun yuborilganligi to'g'risida, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko'chirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instantsiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yiladi.
Taraflar taftish tartibida berilgan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e'tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish to'g'risida, shuningdek o'zlari ko'rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so'roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521¹³-modda. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida ko'rib chiqish uchun kiritilganligi to'g'risida xabardor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.