O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish to'g'risidagi ajrimida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) taftish tartibida shikoyatni (xususiy shikoyatni) bergan shaxs haqidagi ma'lumotlar;
4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining nomi, birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish sabablari va asoslari;
7) ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ko'rib chiqish joyi va sanasi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) o'zi chiqargan ajrim bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga jinoyat ishi bilan birga o'tkazadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521¹²-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish to'g'risidagi ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.