Jinoyat-protsessual kodeksi

517-modda. Hukm, ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) berish, protest (xususiy protest) bildirish oqibatlari

Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (xususiy shikoyatlar, xususiy protestlar) va ularga doir e'tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo'shimcha materiallar bilan birga taftish tartibida ko'ruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan ko'pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.