Jinoyat-protsessual kodeksi

516-modda. Taftish tartibida beriladigan, bildiriladigan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmuni

Taftish tartibida beriladigan (bildiriladigan) shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida ko'radigan sudning nomi; 2) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqei, uning yashash joyi yoki turgan joyi to'g'risidagi ma'lumotlar; 3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilayotgan hukm, ajrim kimga nisbatan chiqarilgan bo'lsa, o'sha shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudining nomi; 4) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berayotgan shaxsning fikriga ko'ra hukmning, ajrimning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chog'ida qaror qabul qilishga ta'sir ko'rsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi to'g'risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shaxs o'z talablarini asoslayotgan dalillar; 6) shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro'yxati; 7) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan sana, shikoyat (xususiy shikoyat) bergan, protest (xususiy protest) bildirgan shaxsning imzosi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.