Jinoyat-protsessual kodeksi

464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari

(464-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti: 1) jinoiy hodisa yuz bermagan bo'lsa; 2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi bo'lmasa; 3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor bo'lmasa. Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qo'yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o'z tasdig'ini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga ko'ra sudlanuvchini oqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.