Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo'lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo'yicha barcha mumkin bo'lgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida ma'lum bo'lib qolgan barcha kam-ko'stni to'ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig'ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.
Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qo'llashdan ozod qiluvchi amnistiya akti e'lon qilingan bo'lsa;
2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamog'ida bo'lgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamog'ini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq bo'lsa;
Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti e'lon qilingan bo'lsa:
2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati o'tib ketgan bo'lsa;
3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yo'qotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli bo'lmay qolsa;
4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qo'llaniladigan jamoat ta'sir choralari yoki ma'muriy jazo choralari ko'rish yo'li bilan erishish mumkin bo'lsa;
5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan bo'lsa;
6) O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari
(463-модданинг иккинчи қисми 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Ayblov hukmi — bu sud tomonidan sudlanuvchining jinoyat sodir etgani isbotlangan taqdirdagina chiqariladigan qaror. Hukmi faqat ishonchli dalillarga asoslanadi, taxminlarga emas. Sud barcha shubhalarni bartaraf etib, to'liq tekshiruv o'tkazgandan keyin hukm chiqaradi.
KIMGA TEGISHLI
Ushbu qoida sudga va sudlanuvchiga tegishli bo'lib, jinoyat ishi bo'yicha final qaror qabul qilish jarayonini tartibga soladi.
AMALDA
Masalan, odam o'g'irlik uchun ayblanadi. Agar sud muhokamasi davomida o'g'irlik isbotlanmasa, balki faqat shubha bo'lsa, ayblov hukmi chiqarilmaydi. Agar isbotlansa va amnistiya akti e'lon qilinmasa, jazo tayinlanadi yoki tayinlanmaydi — holatga qarab.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.