Jinoyat-protsessual kodeksi

439-modda. Sud tergovining boshlanishi

(439-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi to'g'risida e'lon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qo'yilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan o'qib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va o'z aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini so'raydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.