Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yo'qligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar va hujjatlar talab qilib olish to'g'risida ularning iltimoslari bor-yo'qligini so'raydi. Iltimos qiluvchi taraf qo'shimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini ko'rsatishi shart.
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan bo'lsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi.
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga ko'ra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Sud o'zining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qo'shimcha dalillarni talab qilib olish to'g'risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Basharti sud qo'shimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini ta'minlash choralarini ko'rib, ayni chog'da muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
438-modda. Iltimoslar qilish va ularni hal etish
(438-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.