Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashg'uloti, ma'lumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa ma'lumotlarni so'rab, uning shaxsini aniqlaydi.
So'ngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab o'tilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini so'raydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan bo'lsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash
(434-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.