Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi to'g'risida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Muhokamani keyinga qoldirish to'g'risida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir bo'lgan guvohlar va ekspertni so'roq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana o'sha tarkibida yoki o'sha sudya tomonidan ko'riladigan bo'lsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tug'ilgan hollarda chaqirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
433-modda. Protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini ko'rish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.