Jinoyat-protsessual kodeksi

431-modda. Sud tarkibini, taraflarni e'lon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish

Raislik qiluvchi sud tarkibini e'lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini ma'lum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan bo'lsa, raislik qiluvchi bu haqda e'lon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin. Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.