Sudya dastlabki eshituvni o'tkazish natijalari bo'yicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni to'xtatib turish to'g'risida;
2) jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish haqida;
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash to'g'risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish to'g'risida;
4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida;
5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish to'g'risida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida.
Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instantsiyasi sudidan qaytgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
405¹⁴-modda. Sud ajrimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.