Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lganda sud jinoyat ishini tugatadi.
Sud ajrimida:
jinoyat ishini tugatish asoslari ko'rsatiladi;
ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi masala hal etiladi.
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha ishni tugatishga haqlidir.
Jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, o'ziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
405¹⁰-modda. Jinoyat ishini tugatish
(405¹⁰-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.